6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 16-mavzu Wordda hujjatni chop etish Zamonaviy printerlar turli usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo. Hujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напечатать) bandlaridan iborat. Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (номера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'lib, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi. Barchasi ko'rsatmasi tanlansa, hujjat to'lig'icha (barcha sahifasi) chop etiladi. Joriy ko'rsatmasida joriy sahifa (yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko'rsatmasi tanlansa, unga tegishli oyna faollashadi. Nusxalar bandida nusxalar soni (число копий) va nusxalar bo'yicha ajratish (разобрать по копиям) ko'rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qay tartibda chop etilishini ko'rsatadi. Masalan, biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo'lsin. Nusxalar bo'yicha ajratish ko'rsatmasi belgilangan bo'lsa, avval hujjatning birinchi nusxasi to'lig'icha chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so'ngra uchinchi nusxasi chop etiladi. Masshtab bandida qog'ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko'rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni (число страниц на листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 страница), 2 sahifa (2 страницы), 4 sahifa (4 страницы) va hokazo ko'rsatmalardan biri tanlanadi. Qamrov bandida barcha sahifalar (Все страницы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные страницы) ko'rsatmalaridan biri tanlanadi. Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo'lib, quyida biz ularning hujjatni ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx