6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 4-mavzu Wordda matn yozish qoidalari Hujjat bilan ishlash maqsadlaridan kelib chiqib Microsoft Word dasturi Ko'rinish (Вид) tasmasi orqali hujjatni aks ettirishning bir necha ko'rish holatlarini tavsiya etadi: Sahifani belgilash (Разметка страницы) holatida (A-rasm) matn, hoshiyalar, rasmlar va boshqa qismlar qog'ozga chop etishga mo'ljallangan sahifadagi kabi ko'rinishda aks etadi. O'qish holati (Режим чтения) holatida hujjat o'lchamlari ekran o'lchamlariga mos ravishda o'zgaradi hamda ko'p uskunalar aks etmaydi. Bu holat hujjatni o'qishda ko'zning kamroq toliqishini ta'minlashga qaratilgan. Web-hujjat (Веб-документ) holati hujjatni brauzer oynasidagi kabi aks ettiradi. Bu holatdan brauzerlarda (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko'rish uchun Web-sahifa va Web-hujjatlar tayyorlaganda foydalanish qulay. Struktura (Структура) holatida (B-rasm) hujjat sarlavhalari hujjat strukturasidagi pog'onasiga mos ravishda siljiydi. Bu holat matn tarkibini ko'rib turish, matn qismlarini nusxalash, ko'chirib o'tkazish yo'li bilan matnni qayta tashkil etishda qo'llaniladi. Matn yozish qoidalari Microsoft Word dasturida matndagi so'zlar sahifaning o'ng chegarasiga yetganda keyingi yozilgan so'z yangi satrga avtomatik o'tkaziladi. Yangi abzasga o'tish uchun Enter klavishini bosish shart. Har qanday tinish belgisidan keyin probel klavishi bosilishi shart, tinish belgilaridan oldin probel bosilmaydi. «Qat'iy probel»ni joylashtirish uchun Ctrl , Shift , probel klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy probel satr oxirida qatnashgan jumla (masalan, A. Fozilov) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni jumla bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi. «Defis» (-) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun-tarvuz, kiyim-kechak. «Tire» (-) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun Ctrl va yordamchi klavishlar majmuyidan «tire» klavishlari birgalikda bosiladi. Masalan, «Bahrom Mahkamov - sinfimizdagi eng a'lochi o'quvchi». «Uzun tire» (-) ikki tomondan probellar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx