Логотип Axborot tushunchasi va bilish haqida 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 1-mavzu «Informatsiya» so'zi turli tillarda ishlatilib, ma'nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. O'zbek tilida informatsiya so'zi axborot deb tushuniladi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma'nolarni anglatadi. IX-X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Aqliy bilish Hissiy bilish Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e'tirof etadi. Klod Shenon Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash, deb qaraydi. Norbert Viner Informatikaning fan sifatida shakllanishi Axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham shug'ullanishgan va bu ishlarni hozirgi kunda «xujjat yuritish» dokumentalistika) deb atashmoqda. XX asrning 50yillarida yangi fan - informatikaga asos solindi. Informatika atamasi fransuzcha informatique (information - axborot va automatique - avtomatika) so'zi negizida hosil bo'lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash» deb tushuniladi. Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslangan bo'lib, inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir. Informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Informatikaning birlamchi, asosiy tushunchalari axborot, axborotli model, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
313 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
313 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: ppt