Axborotlar ustida bajariladigan amallar 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 2-mavzu Axborotli jarayonlar Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Axborotlarning ma'lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o'tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, birbiri bilan bog'lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to'ldirdi. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo'ldingiz. Axborotga qo'yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko'ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo'lishi lozim: Ma'lum darajada qimmatli bo'lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o'tishi bilan o'z qimmatini yo'qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr kuni tantana o'tkaziladi» degan axborot 1noyabrda o'z qimmatini yo'qotadi; To'liq bo'lishi. Ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto'g'ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib eladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig'ilsin» Ishonchli bo'lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo'ladigan nazorat ishi qoldirildi» Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: ppt