Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 16-mavzu Axborot va jinoyat Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafaqat mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o'ziga jalb etmoqda. «Axborot» tushunchasiga yondashuv ham tubdan o'zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko'proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o'ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Internet axborot «o'g'rilarini» (axborot o'g'rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo'lgan) yangi pog'onaga ko'tardi. Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me'yorlar Lotin tilidagi media (medium) so'zi o'zbek tilida vosita, vositachi, muhit ma'nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so'z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o'z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Internet tarmog'ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya qilgan holda ma'lumot yuborish, olinayotgan ma'lumotlarni milliy mafkuramiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urfodatlarimizga zid, qonunlarimizga xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo'lish muhimdir Bunday savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi. Media-savodxonlik Viruslar ta'siri Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o'z malakasini oshirish uchun yoki shunchaki «hazillashib» buzg'unchilik qilayotgan «yosh dasturchilar» ko'proq zarar yetkazadi. Chunki ular juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Internet orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan asosiy zararlar: Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz «kirish» va uni Sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish; Internetda uzatilayotgan axborotlar «yo'lda ushlab olinib», ulardan nusxa olish yoki o'zgartirish; Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarni o'chirish, o'zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo'shilib olish, «yuqish» xususiyatiga ega bo'lgan maxsus dastur) dasturlarini websahifalarga «yashirib qo'yish»; Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o'g'irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma'lum miqdorda ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
917.76 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
917.76 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx