7-sinf Informatika fanidan Axborotlarni kodlash usullari ochiq dars ishlanmasi

7-sinf Informatika fanidan Axborotlarni kodlash usullari ochiq dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Informatika fanidan Axborotlarni kodlash usullari ochiq dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 3-mavzu Axborotlarni kodlash usullari Belgi va belgilar sistemasi Belgi biror obyektning o'rnini bosuvchi aksi bo'lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluvchining ongida obyektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi - bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir. Agar belgining ko'rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkor deb ataladi. Bu holda belgilarni piktogramma (tasviriy yozuv)lar deb atashadi. Agar belgining shakli bilan mazmuni o'rtasidagi bog'lanish kelishuv asosida (kelishuv oshkormas) belgilansa, u holda bu belgilarni ramz (simvol)lar deb atashadi. Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya'ni belgi yoki belgilar ketma-ketligi mos qo'yiladi. Kodlangan axborotni birlamchi ko'rinishiga o'tkazish dekodlash deb ataladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko'rinishiga o'tkazish deshifrlash deb ataladi. Qadimda axborotlarni kodlash Birinchi kodlashni qo'llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. «Ssital» tayoqchasi U axborotni mahfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi. Kodlash usullari Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo'yiladi. Semyuel Morze Morze kodlash usulini notekis kodlash usuliga misol bo'ladi. Mazkur usul yordamida «elektron» so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi. - - - - - - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 5.11 MB
Ko'rishlar soni 548 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 5.11 MB
Ko'rishlar soni 548 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga