7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 15-mavzu Elektron pochta Pochta haqida Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tiziminig ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron manzilga ega bo'lgan «pochta qutisi»ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi - Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Pochta Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron manzil bilan abonentlarni provayder ta'minlaydi. Saytlardagi elektron pochtalar Bunday websaytlarda «pochta qutisi hosil qilish» tugmasi bo'lib, u bosilsa, ekranga muloqat oynasi chiqadi. Taklif etilgan bir nechta savollar (familiyangiz, ismingiz, pochta manzili, parol va boshqa)ga javob berish kerak bo'ladi. Elektron pochta qutisining asosiy kamchiligi shundaki, undan ma'lum vaqt (odatda 3 oy, lekin turli serverlarda bu muddat o'zgarishi mumkin) foydalanmasangiz, u Internet tizimidan olib tashlanadi. Mail.o'z websayti orqali elektron pochta ochish imkoniyati bilan tanishamiz. Dastur interfeysidan «Ro'yxatdan o'tish» tugmasi tanlangach (*) belgisi orqali belgilangan maydonlarga ma'lumotlar kiritish shart bo'lgan quyidagi «Ro'yxatdan o'tish» bo'limi ochiladi: «Login» va «Asosiy pochta ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
739 marta
Ko'chirishlar soni
64 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
739 marta
Ko'chirishlar soni
64 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx