Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 13-mavzu Web-brauzerlar Internetning xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta'minlash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, nomi World Wide Web bo'lgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar: Hozirgi kungacha juda ko'p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Webbrauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Websahifalarni xotiraga yuklash va ko'rsatish; Websahifani diskka yozib qo'yish (saqlash); dagi manzili bo'yicha Websahifani chaqirish. Internet Explorer dasturi interfeysi Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki Masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig'i orqali ishga tushiriladi. Fayl menyusi orqali, asosan, Websahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o'z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo'yish, Websahifani qog'ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi. Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin. Ko'rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallar kiradi. Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan websahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangi larini qo'shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin. Ma'lumot menyusi yordamida ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
12.35 MB
Ko'rishlar soni
637 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
12.35 MB
Ko'rishlar soni
637 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx, docx