Internetda ma'lumotlarni izlash 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 14-mavzu Qidiruv tizimlari Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab websahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Websahifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zarur. Internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan websahifalar manzillari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Shuning dek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni kel tirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z manziliga ega. O'zbekistonda ham .o'z milliy axborotqidiruv tizimi 2006yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. UZINFOCOM Qidiruv tizimida ishlash Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili - .uzuz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun .uzru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Mazkur interfeys Opera webbrauzerida quyidagi ko'rinishda aks etadi: Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo'shilgan saytlar ichidagi ma'lumotlarni uning nomi va tavsifi bo'yicha izlash imkonini beradi. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha foydalanuvchilar orasida mashhurlaridan biri Google qidiruv tizimi bo'lib, u juda ko'p tillarda izlash imkonini beradi. Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun webbrauzer manzillar satriga «google.o'z» so'zini yozish va Enter klavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi: Bu qidiruv tizimining qidiruv satriga «webbrauzerlar» kalit so'zi kiritilsa, quyidagi ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.86 MB
Ko'rishlar soni
372 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.86 MB
Ko'rishlar soni
372 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx