8-sinf Informatika Elektron jadvalning elementlari

8-sinf Informatika Elektron jadvalning elementlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Informatika Elektron jadvalning elementlari - rasmi

Material tavsifi

Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 20-mavzu Elektron jadvalning elementlari Elektron jadvallar - ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo'lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi. Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bo'limi yordamida belgilanadi. Bu bo'lim, o'z navbatida, Son (Число), Tekislash (Выравнивание), Shrift (Шрифт), Chegara (Граница), Ko'rinish (Вид), Himoya (Защита) bo'limlariga bo'linadi. Siz MS Word dasturining formatlash imkoniyatlari bilan tanishsiz. Shuning uchun Katakcha formatining har bir bo'limi imkoniyatlarini mustaqil ko'rib chiqishni tavsiya etamiz. Matn - katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo'lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi. Joriy yilni yozing Alisher Navoiy tavalludiga yil to'ldi Matnli ma'lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko'rinib turadi. Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o'zining adresi (nomi)ga ega bo'ladi. Masalan, A1, X2, A3, T4, AZ1963, Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat - formula yozishda ishlatilayotgan katakcha, satr, ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o'zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi =A1 + B4 yig'indining A3 katakchaga nusxasi =A2 + B5, A7 katakchaga nusxasi =A6 + B9, F17 katakchaga nusxasi =D16 + E19 kabi o'zgarib joylashadi. Absolyut murojaatda katakcha adresi o'zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Excel elektron jadvalida formulalar satri ma'lumot va formulalarni yozish hamda tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu satrning chap tomonida katakcha nomini ko'rsatuvchi joy bo'lib, unda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga