8-sinf Informatika Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari

8-sinf Informatika Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Informatika Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Логотип Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 19-mavzu Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo'llanilishi ta'sirida ma'lum bir yo'nalishdagi dasturlarga bo'lgan talab yanada ortdi. Ma'lumki, dasturlarning ishlab chiqilishi va rivojlanishi qo'llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Matn muharrirlari va protsessorlari matn ko'rinishidagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun kerak bo'lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarishga xizmat qiladi. Kalkulyatorni ishlatib ko'rgan har bir foydalanuvchi hisob kitob natijalarini saqlab qo'yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang'ich ma'lumotlarni o'zgartirishda hisob-kitobni qayta bajarish zarurligi kabi muammolarga duch keladi. Bir o'quvchining o'zlashtirish darajasi - reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballari jamlanib 100 ga ko'paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo'lgan maksimal ballga bo'linadi. Yoki boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulyatorda bajarish juda ko'p vaqt va mehnat talab etadi. Ikkinchi tomondan, MS Word dasturida ishlaganingizda ko'rdingizki, ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash tahlil qilishni ancha soddalashtiradi Yuqoridagi muammo va imkoniyatlar sababli hisob-kitoblarni osonlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi dasturlarga bo'lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi. Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo'lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir. Elektron jadvallar qo'llanilayotgan sohalar juda ko'p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo'jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar. Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc (Visible calculator - ko'rinayotgan kalkulyator) nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqilgan. Dastlabki naqli 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirilib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga