8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 1-mavzu Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy, ham amaliy asosga ega ekanligini ko'rish mumkin. Amaliy asos o'sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo'lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat'iy tartib-qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan. Eramizdan avvalgi IV asrda yashab o'tgan Arastu (Aristotel) o'z asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Arastu (Aristotel) Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob, Hind hisobi haqida kitob va Qo'shish va ayirish haqida kitob asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo'shganligini e'tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho'pxat (ya'ni birka - belgi qo'yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Cho'pxat Abakka o'xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo'lib, yaponlarda - serobyan, xitoylarda - suan-pan, ruslarda - cho't deb atalgan. Abak Serobyan Suan-pan Cho't Keyingi e'tiborli hisoblash vositalari bo'lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617-yil), ingliz matematika o'qituvchilari - Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to'g'ri burchakli logarifmik chizg'ich (1632-yil) loyihalari hisoblanadi. Neper tayoqchalari Logarifmik chizg'ich Mexanik mashinalar davri. Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Shikkard moslamasi Vilgelm Shikkard 1642-yilda fransuz ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx, docx