Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 9-mavzu Interfeys Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, kompyuterning texnik va dasturiy ta'minoti o'zaro uzviy aloqada bo'ladi hamda birgalikda foydalanuvchi uchun xizmat qiladi. Interfeys (ing. - interface) - bu o'zaro ta'sir, aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirish vositasidir. Bu atama informatikada keng tushunchalar doirasida ifodalanadi: apparatli interfeys (elektron qismlar darajasida), dasturiy interfeys (dasturiy modullarni tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar majmuasi), dasturlarning qurilmalar bilan o'zaro munosabati apparatli-dasturiy interfeys va nihoyat, dastur va kompyuterning inson bilan muloqoti hamda o'zaro ta'sir vositasi sifatidagi foydalanuvchi interfeysi. Paint yoki MS Word dasturlarining muloqot oynasi, bu dasturlarning asosiy elementlaridan: menyular, ishchi maydoni va uskunalar paneli. Interfeys vositalarning o'zaro umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya qilinishini talab etadi. Masalan, elektr lampochkani elektr manbayiga ulash uchun quyidagi shartlar (moslik) bajarilishi kerak: elektr lampochka patronga mos bo'lishi kerak; elektr lampochka elektr manbayidagi kuchlanishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Aks holda, bu vositalar o'zaro bog'lana olmaydi. Ma'lumki, kompyuterli tizimda o'nlab qurilmalar bir-biri bilan bog'lanishi va minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak. Kompyuterda apparatli interfeysni uning qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta'minlaydi. Ular qurilmalarning bir-biri bilan bog'lanishi (ulanishi)ning mosligi va bir xil kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradilar. Dasturiy ta'minot bilan apparatli ta'minot o'rtasidagi muvofiqlashtirishni maxsus dastur - operatsion sistema o'z zimmasiga oladi. Dasturlar xilma-xil bo'lgani kabi ularning interfeysi ham turlicha bo'ladi. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlariga ko'ra bir necha turga ajratilishi mumkin. Agar dastur bilan muloqot qilish juda qulay bo'lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug'- dirmasa, bunday dastur qulay foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo'lsa, bunday dastur yumshoq ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx