Kompyuter texnikasi vositalari Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 3-mavzu Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard - qattiq, Disk - disk, Drive - dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Bundan tashqari, shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dastur, hujjat va boshqa turdagi ma'lumotlari ham shu diskda saqlanadi. Qattiq disklarga axborotni yozish va o'qish magnitlash asosida bo'lganligi uchun qattiq magnit disk deb ham atashadi. Birinchi vinchester 1973-yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o'z navbatida, alohida bit sifatida ko'rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan - magnit ekvivalenti deb ham yuritiladi) beriladi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko'rinishidagi yo'llarga ajratiladi hamda yo'llar sektorlarga bo'linadi. Sektor va yo'llar o'z tartib raqamlariga egadir. Axborot disk sektorlarining yo'llari bo'ylab yoziladi. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta'minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatida ishlaydi. Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Egiluvchan magnit disklar - (yoki qisqacha disketlar) asosan, ikki xil bo'lib, himoya g'ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka - disk diametrlari bilan farqlanadi (3,5 dyumli - 89 mm, 5,25 dyumli - 133 mm). Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo'lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx, docx