Kompyuterlarning dasturiy ta'minoti 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 8-mavzu Hozirgacha kompyuterlarning texnik tuzilishi va dasturlar haqida ma'lumotlar oldingiz. Dastur bilan ta'minlanmagan kompyuterlar quruq temirdan boshqa narsa emas. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo'llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Informatikada kompyuter texnikasi quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: Texnik vositalar - kompyuter qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qismning hardware deb atalishi va qattiq mahsulotlar deb tarjima qilinishi sizga ma'lum (ing. hard - qattiq, ware - mahsulot). Bu qismga protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Dasturiy vositalar - kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va yumshoq mahsulotlar deb tarjima qilinadi (ing. soft - yumshoq). 1.Texnik vositalar; 2. Dasturiy vositalar. Bundan tashqari informatikada yana bir yo'nalish Brainware (brain inglizchadan tarjimasi - intellekt, ong) - algoritmik yo'nalish ajratiladi. Bu yo'nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan bog'liqdir. Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin: a) kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari); b)foydalanilayotgan ma'lumot nusxalarini hosil qilish; c) kompyuterning ishlash imkoniyatlarini tekshirish; d)kompyuter haqida ma'lumotlar berish va hokazo. Dasturiy ta'minot Sistema dasturlari Amaliy dasturlar Uskunaviy dasturlar Sistema dasturlari - turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan: Amaliy dasturlar - foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma'lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar; Uskunaviy dasturlar - kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar. Keng tarqalgan va qulay integrallashgan sistemaga misol sifatida Microsoft Office dasturlar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx, ppt
Fayl hajmi
2.36 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx, ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx, ppt
Fayl hajmi
2.36 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx, ppt