Логотип Operatsion sistema tushunchasi 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 10-mavzu Aksariyat hollarda operatsion sistemaga ikki xil ta'rif berishadi: Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui va Kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui. Dasturiy ta'minotni asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadigan operatsion sistema tushunchasiga to'liq ta'rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, sistema so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; operatsiya so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada amal degan ma'noni anglatadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta'minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Odatda, operatsion sistema tashqi xotira - diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi. Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Ta'kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi bir: foydalanuvchi qulay interfeysga ega bo'lishi uchun ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta'minlashdan iborat. Shaxsiy kompyuter operatsion sistemalaridan butun dunyoda millionlab kishilar foydalanadilar. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladi. Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o'zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Ko'p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o'zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar. Xususan, operatsion sistemaniquyidagi sinflarga bo'lish mumkin: bir masalali va ko'p masalali; bir foydalanuvchili va ko'p foydalanuvchili. Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: ppt