Bosh menyu 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 16-mavzu Menyu - biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to'rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin: - operatsion sistemaning bosh menyusi; - barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o'ng tugmasi yordamida ochiladi); - dastur menyulari; - dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi. Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo'lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi. Odatda, Bosh menyu masalalar panelining chap burchagida joylashadi. Bosh menyu sichqoncha yordamida tanlanganda yoki (Win) klavishi bosilganda ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo'ladigan bo'limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma'lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning Klassik bosh menyu (chapdagi) va Bosh menyu (o'ngdagi) ko'rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bor: Bu ko'rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekstmenyusining Свойства bandi yordamida tanlash mumkin. Odatda, Boshlash tugmasining Bosh menyu ko'rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatcha aks etib turadi. Bosh menyu quyidagilardan iborat: Menyuning Dasturlar bo'limi yordamida instalyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Dasturlar bo'limiga yangi dasturlarni ham qo'shish mumkin. Masalan, instalyatsiya qilingach, Microsoft Office dasturlar paketi ham shu bo'limda aks etib turadi. Hujjatlar bo'limi yaqin vaqt ichida ishlangan hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro'yxatini ko'rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyu Qidirish bo'limi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma'lumotlarini qidirish imkonini beradi. Masalan, agar Navro'z haqida yozgan hujjatlarimiz nomi va qaysi ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx