Axborot xavfsizligi muammolari. Axborotlarni himoyalashning tarkibiy qismlari va usullari 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 28-mavzu XXI asrning birinchi o'n yilligiga kelib axborotning ahamiyati keskin oshib ketdi. Ma'lumotning qimmatbaholigi faqat davlat sirlarini qo'riqlash nuqtai nazaridangina emas, balki tijorat rivoji sababli bam oshib bormoqda, chunki axborotga ega bo'lgan mamlakat jahonni boshqaradi. Yangi innovatsion texnologiyalarni loyihalashtirish jarayoniga sarf qilinayotgan vaqt iqtisodi, telekommunikatsion tizimlar va qurilmalar bozoridagi sobitqadam sifat o'zgarishi natijasida raqobatbardoshlik talablari oshib bormoqda. Axborot xavfsizligi tahdidlari turli belgilar orqali tavsiflanishi mumkin: Axborot yashirinligini buzish, asosan inson omili yoki muhofaza apparat ta'minoti faoliyatini izdan chiqarish; Ma'lumotlar mazmunini o'zgartirishga doir ruxsatsiz faoliyatlar orqali axborot yaxlitligiga zarar yetkazish; Axborot foydalanuvchilariga kompyuter viruslari orqali tahdidlar; Axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar; Axborot xavfsizligi buzilishida global, hududiy va lokal tarmoqlar tahdidlari. Axborotlarni himoyalashda avvalo tashqi tahdidga e'tibor qaratilishi kerak. Quyidagi rasmda axborotdan beruxsat foydalanish mumkin bo'lgan kanallar ko'rsatilgan: Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun tashkiliy, texnik va dasturiy vositalardan foydalaniladi. tashkiliy vositalar tarkibiga texnik-tashkiliy va huquqiy-tashkiliy tadbirlarni kiritishimiz mumkin. Texnik-tashkiliy tadbirlarda xavfsizlik choralarini ta'minlash uchun ofis xonasidagi kompyuter, telefon, televizor, radio, signalizatsiya va shunga o'xshash axborot chiqish ehtimoli bo'lgan barcha vositalar ro'yxatdan o'tkaziladi. Texnik vositalar elektron, elektromexanik va boshqa qurilmalardan iborat bo'lib, tizimlarni texnik himoyalashda bevosita foydalaniladi. Keng imkoniyatli (0,01 -100 MHz) elektromagnit generatorlari kompyuter va boshqa uskunalardan chiquvchi qo'shimcha to'lqinlarini sezdirmaslik vazifasini o'taydi. Axborotni yashirin olishga mo'ljallangan mobil aloqa telefonlarini aloqadan uzish, elektr tarmog'idan ma'lumot chiqmasligini ta'minlovchi filtrlar, diktofonlarni kuchli elektromagnit to'lqinlar bilan ishdan chiqaruvchi vositalar qo'llaniladi. Dasturiy vositalar tarkibiga axborot xavfsizligi, foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.28 MB
Ko'rishlar soni
288 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.28 MB
Ko'rishlar soni
288 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx