Photoshop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 3-mavzu Fotosuratlami olish paytida yo'l qo'yilgan xatoliklarni tuzatish, mavjud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsalarni olib tashlash, fotosuratlarning muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin. Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo'llab-quvvatlanadigan PhotoShop dasturidir. PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin. PhotoShopning uskunalar panelida 70 dan ortiq uskuna borligining o'zi ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi. Bundan tashqari, PhotoShopda o'nlab palitralar bo'lib, ular dasturda ishlashni osonlashtirishi bilan birga, uning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. PhotoShopning filtrlari yordamida surataing o'zini yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqish mumkin. Natijada fotosuratga qo'llanilgan effektlar uning tanib bo'lmas darajada o'zgarishiga olib keladi. Ranglarni rostlash, oq-qora suratlarga rang berish, aksincha, rangli suratlarni oq-qoraga o'tkazish, fotosuratlarni nashriyotdagi yoki uydagi fotoprinter yordamida chop etishga tayyorlash, fotosuratlarda ko'zlarning qizil rangga kirib qolishini to'g'rilash kabi amallar PhotoShopda oson bajariladi. PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fantastik suratlarni yaratishning ham keng imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish paytida ham kerak bo'ladi. Bunda turli suratlarning bo'laklari yangidan yaratilgan suratga joylab chiqiladi. PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1)sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri. Parametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko'rsatiladi. Zarurat bo'lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o'zgartirish mumkin. Palitralar sohasi PhotoShopning ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.27 MB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.27 MB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx