Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash .themegallery.com 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 5-mavzu PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak bo'ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib chiqamiz. Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba'zan unda yangi tasvir yaratishga ham to'g'ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so'zidan olingan) qo'shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл(Fayl) bo'limining birinchi bandi Создать ( ni yaratish) bandini tanlash kerak. Oynaning o'ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo'yicha yangi tasvimi yaratish; Oтмена (Bekor qilish) tugmasini bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To'plam) maydonchasida parametrlar to'plamini tanlash mumkin. Paramertlami bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o'zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir. PhotoShop oxirgi ochilgan fayllar ro'yxatini saqlab qo'yadi. Bu ro'yxatdagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'limidagi Последние документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi. PhotoShopda qilingan ishlaктi saqlash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo'shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buyruq joriy tasviктi joyi va nomini o'zgartirmasdan saqlab qo'yadi. Ctrl+Shift+S qo'shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug'i ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo'yish mumkin. PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko'p farq qilmaydi. Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo'llaniladi va tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko'plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba'zilari keng tarqalgan, ba'zilari faqat tor sohada ishlatiladi. Bmp (ingliz ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx