11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 14-mavzu Mo'yqalam va qalam bilan ishlash PhotoShop foydalanuvchilari orasida fotograflar bilan birga dizaynerlar, rassomlar ham ko'p uchraydi. Ular uchun tayyor rasmlarni qayta ishlash bilan birga yangi tasvirlarni yaratish ham muhim. PhotoShopda chizish uskunalaridan Кисть (Mo'yqalam), Карандаш (Qalam) va Линия (Chiziq) mavjud bo'lib, ular yordamida mos ravishda chiziqlarni chizish, sohalarni bo'yash va tasvirga tayyor geometrik shakllarni kiritish mumkin. Mo'yqalam va qalam uskunalari uskunalar panelida bitta tugma ostiga joylangan. Bu tugma uskunalar panelining to'rtinchi qatori ikkinchi ustunida joylashgan. Uning ustiga sichqonchani olib kelib, o'ng tugmasini bossak, unga mos uskunalar ro'yxati chiqadi. Кисть (Mo'yqalam) uskunasini tanlaganimizda, parametrlar paneli quyidagi ko'rinishga o'tadi: A - Tayyor mo'yqalamlarni tanlash. B - Mo'yqalamning diametrini va ko'rinishini tanlaydi. C - Кисть (Mo'yqalam) palitrasini ekranga chaqiradi. D - Rasmdagi va mo'yqalam ranglarini aralashtirish tartibi (yigirmadan ortiq variantlar mavjud) E - Mo'yqalamda ehizilgan tasvirning shaffofmasligi (shaffoflik ortgan sari bo'yalgan soha ostidagi tasvir ko'proq ko'rinib turadi). G - Mo'yqalam tolalarining qattiqligi kamaygan sari bo'yalgan soha bo'yoq bilan qoplanishi foizi ortib boradi. H - bo'yoqni surkash tartibidan purkash tartibiga o'tkazadi (aerograf tar- tibi). Bu tugmalardan asosiylarini bilan tanishib chiqamiz: Mo'yqalamning parametrlarini o'rnatishda va u bilan ishlashda Кисть, (Mo'yqalam) palitrasidan foydalanish qulayroq. Uni parametrlar panelidagi C tugmasini bosib yoki boshqa palitralar kabi asosiy menyu orqali chaqirish mumkin. Bu palitraning ko'rinishi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Bu palitra yordamida mo'yqalamlar to'plamini (A), mo'yqalamning shakli (B), uning kattaligi (D, E), qancha burchakka burilganligi (H), enining necha foiz tashkil etishi (I), ikkita izi orasidagi masofa (K) kabi parametrlarini tanlash mumkin. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
753 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
753 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx