Photoshopda rang tizimlari Логотип 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 11-mavzu Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo'shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug'liklar qo'shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo'lsa, bu ranglar qo'shilib, xona ulardan ko'ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko'k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo'shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglaming nomlaridan qo'shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan: Qo'shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog'ozni bir necha rangdagi bo'yoqlar bilan bo'yasak, bu ranglar qo'shilib, to'qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog'ozni bo'yasak, qog'oz qizil rangga kiradi. Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog'ozga surtilganda qog'oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo'yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo'yoq tusiga kirib qoladi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo'lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko'rsatiladi. PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli bo'lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo'lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu parametrlaming birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Bu ranglar bir-biri bilan qo'shilib, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
548 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
548 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx