11-sinf Informatika Photoshopning uskunalar paneli va palitralari

11-sinf Informatika Photoshopning uskunalar paneli va palitralari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Informatika Photoshopning uskunalar paneli va palitralari - rasmi

Material tavsifi

Photoshopning uskunalar paneli va palitralari Логотип 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 4-mavzu PhotoShopning uskunalar panelida 23 ta tugma bo'lib, ular dastlab bitta ustun ko'rinishida joylashgan bo'ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo'shaloq uchburchak ko'rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko'rinishida joylab chiqish mumkin. Uskunalar panelidagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Uskunalar paneli to'rt qismga ajratilgan bo'lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to'rtta, to'rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko'p bo'lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo'ladi. Agar uskuna tugmasining o'ng quyi burchagida qora uchburchak bo'lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o'ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro'yxati paydo bo'ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo'linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo'lsa-da, dastlab unga ko'nikish qiyin kechadi. Shuning uchun uskunadan foydalanib bo'lgach, darhol Pyxa (Dasta) uskunasini tan- lashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar panelining to'rtinchi bo'limida birinchi bo'lib joylashgan. U ishchi sohaga sig'maydigan katta o'lchamli tasvirning kerakli qismiga o'tish uchun xizmat qiladi. Palitra deb rassomlar bo'yoqlarni ara- lashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar panelida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo'yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitralarni joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin. Palitralar ilova oynasining o'ng tomonidagi palitralar sohasida joylash- gan bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 407 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 407 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga