11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 15-mavzu Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash PhotoShopda geometrik shakllarni tasvirga joylash uchun bir qator uskunalar mavjud bo'lib, ular uskunalar panelining uchinchi bo'limida joylashgan: Bu uskunalar jami oltita bo'lib, ular yordamida tasvirga to'g'ri to'rtburchak (A), burchaklari doirasimon to'g'ri to'rtburehak (B), ellips (C), muntazam ko'pburchak (D), to'g'ri chiziq kesmasi (E) va ixtiyoriy geometrik shakl (F) joylash mumkin. Bu parametrlarning vazifasi bilan tanishib chiqamiz: A - bu uskuna uchun avvaldan o'rnatilgan parametrlar; B - shaklning turi (chegarasi, ichi yoki ikkalasi); C - shaklning ichi rangi; D - shakl chegarasining rangi; E - chegarasi qalinligi; F - chegaradagi chiziq turi; G - shakl bo'yi; H - shakl balandligi; I - shaklning awalgi shakllar bilan bog'lash turi; J - shakllaming tekislash usuli; K - shakl joylashgan qatlamning boshqa qatlamlar orasidagi o'rni; To'g'ri to'rtburchak va ellips parametrlari ham xuddi shu kabi bo'ladi, faqat ularda M parametr bo'lmaydi. To'g'ri chiziq kesmasi parametrlarida esa E parametr ishlamaydi. Muntazam ko'pburchaklar uskunasida M parametr ko'pburchakning tomonlari sonini tanlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, muntazam ko'pburchak chizish uchun sichqoncha avval ko'pburchak markaziga olib kelinadi. So'ng uning chap tugmasini bosib, markazdan uzoqlashtiriladi. Kerakli o'lchamga erishgach, sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi. Agar sichqoncha tugmasini qo'yib yubormay, uni ko'pburchak markazi atrofida aylantirsak, ko'pburchak ham shu yo'nalishda o'zining markazi atrofida buriladi. Ixtiyoriy geometrik shakl uskunasining parametrlari ham faqat M parametr bilan farq qiladi. Bu parametr yordamida mavjud shakllardan keraklisi tanlanadi. PhotoShop rastrli grafika uchun mo'ljallangan bo'lsada, undan vektorli grafikadan ham keng foydalaniladi. Vektorli grafika obyektlarini yaratish uchun ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
958.12 KB
Ko'rishlar soni
700 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
958.12 KB
Ko'rishlar soni
700 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx