11-sinf Informatika Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish

11-sinf Informatika Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Informatika Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish - rasmi

Material tavsifi

Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 8-mavzu Fotosuratlarni olishda ko'pincha kamchilikka yo'l qo'yiladi. Jumladan, kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va ulami kadrdan olib tashlashga to'g'ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini qirqib tashlash kerak. Bu amalni bajarish uchun PhotoShopda maxsus uskuna bor. Uning nomi ramka bo'lib, uni klaviaturadagi C harfini yoki uskunalar panelidagi tugmani bosib faollashtirish mumkin. PhotoShopning ishchi sohasidagi tasvirning kesib olinadigan qismining bir uchiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosamiz va uni qo'yib yubormay qarama-qarshi uchiga qarab sichqonchani yuritamiz. Sichqonchaning tugmasini qo'yib yuborishimiz bilan tasvirning bo'lagi kesib olinadi va unda ramka paydo bo'ladi. Ramkaning to'rt tomoni va to'rtta burchagidagi markerlardan zarurini sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Kerak bo'lsa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Bolalarni suratga olish qiyin ishligini hamma biladi. Bu suratda ham bir qator kamchiliklar bor. Qizaloq suratning bir tomoniga o'tib qolgan va u boshini qiyshaytirib olgan. Yana bir kamchilik, yorug'lik qizaloqqa o'ng tomondan tushayapti, natijada uning chap yuzi o'ng yuzidan ko'ra to'qroq chiqqan. Bu uning kiyimida yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Fotosuratlarda uchraydigan kamchiliklardan yana biri bu suratga olish nuqtasining noto'g'ri tanlanishidir. Natijada suratga olinayotgan obyekt ro'paradan emas, balki chap, o'ng, past yoki yuqoridan suratga olinib qoladi. Suratga olish nuqtasidan tasvirning ko'rinishi uning perspektivasi deb ataladi. Quyidagi rasmda ko'p qavatli bino yerdan turib suratga olinganligi ko'rinib turibdi. Uni qo'shni binodan turib suratga olingan ko'rinishga kelti- rish mumkin. Bu uskunadan devordagi surat, televizor, kompyuter yoki planshet ekranidagi tasvirni qiya burchak ostida suratga olingandagi kamchilikni to'g'rilashda ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga