11-sinf Informatika Tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish

11-sinf Informatika Tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Informatika Tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 6-mavzu Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish Word matn protsessorida matn bo'lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn harf va boshqa belgilarning ketma-ketligi bo'lgani sababli, uning bo'lagini ajratish uchun bo'lakning birinchi va oxirgi belgilarini tanlash yetarli edi. Vektorli tasvirda ham uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan, Wordda yaratilgan chizmada, bir nechtagina obyekt bo'lganligi sababli ulardan keraklilarini ketma-ket tanlab chiqish mumkin. Rastrli tasvirda uning bo'lagini ajratib olish u qadar oson ish emas. Unda bir necha milliongacha piksellar bor va ularni birma-bir tanlab chiqishning iloji yo'q. Shu sababli rastrli tasvirlarda ularning bir bo'lagini ajratib olish uchun bu bo'lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo'ladi. Bu amal ancha qiyin bo'lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlashtirish uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo'limi (Выделение - Ajratish) da tasvir bo'lagini ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig'ilgan. Tasvirni to'liq ajratib olish. Uni ofis ilovalaridagi kabi Ctrl+A (All - barchasi so'zidan olingan) qo'shtugma yordamida chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining birinchi bandi Bce (Barchasi) ni tanlash bilan ham amalga oshirish mumkin. Tasvir- ning ajratilgan qismi chegarasida harakatlanadigan uzuq chiziq paydo bo'ladi. Ajratishni bekor qilish uchun Ctrl+D (Delete - olib tashlash) qo'shtug- masidan foydalanish yoki asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining ikkinchi bandidagi Отменить выделение (Ajratishni bekor qilish) buyrug'ini tanlash mumkin. Ajratish uskunalari uskunalar panelida birinchi bo'lib joylashgan. Uning ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to'rtta uskuna ro'yxati ekranga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga