11-sinf Informatika Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari

11-sinf Informatika Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Informatika Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 18-mavzu Internetda axborotlarni joylashtirish va ularni kompyuter ekranidagi ko'rinishi qulay bo'lishi uchun web-sahifalardan foydalaniladi. Web-sahifa (inglizcha - Web page) - bu HTML fayl kengaytmasiga ega bo'lgan gipermatnli fayldir. Har xil web-sahifalarga tarqatilgan va o'zaro bog'langan hujjat gipermatn deyiladi. Unga matn, rasm, ovoz, video va animatsiya kabi ma'lumotlar joylashtirish mumkin. Web-sahifada ma'lumotlar sahifa ko'rinishida beriladi. Bu sahifalar, odatda, HTML hujjat, ya'ni HTML tilida yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu holda yozilgan hujjatlarni ko'rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi. Web-sayt (inglizcha - Website, web - o'rgimchak to'ri, site - joyi) - bu bir nechta web-sahifalarni kompyuter tarmog'ida bitta manzilda birlashtirilgan fayllar to'plamidir (Domen ga yoki IP ga ega bo'ladi). Domen - bu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir. Barcha web-saytlar qaysidir serverda joylashgan bo'ladi. Aslida siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingiz ma'lumotlarini qaysidir ser- verga joylashtirganingizda saytingiz IP manzilga ega bo'ladi. Hosting - bu web-sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turidir. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo'ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan yoki alohida kompaniyalardan ham olish mumkin. Web-dizayn - bu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir. Web-sayt va web-sahifalar o'zaro har xil usullar bilan bog'lanadi. Ushbu yagona oraliq World Wide Web (butun dunyo o'rgimchak to'ri) yoki qisqacha deyiladi. Web-sahifalarga giper murojaat ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Ayni paytda web-sayt yaratishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: statik va dinamik. HTML da yozilgan web-saytlar statik holda bo'lsa, zamonaviy web-saytlar dinamik ko'rinishga ega. CM tizimlarining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.45 MB
Ko'rishlar soni 779 marta
Ko'chirishlar soni 166 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.45 MB
Ko'rishlar soni 779 marta
Ko'chirishlar soni 166 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga