Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 5-mavzu Insonning tafakkuri, turmush tarzi, ma'naviy qarashlari o'z-o'zidan, bo'sh joyda shakllanib qolmaydi. Tafakkur jarayoni faqat insonning ongi bilan emas, balki qalbi va ruhiyati bilan ham uzviy bog'liqlikda kechadi. Fikrlovchining ichki dunyosi qanchalik boy bo'lsa, uning fikrlash saviyasi ham, xatti-harakati ham shunga yarasha bo'ladi. Qomusiy allomalar inson tafakkur qilish orqali ta'lim-tarbiyani rivojlantirishi, o'zini kamolot sari yetaklashini ta'kidlaganlar. Inson aqli qanchalik o'tkir va teran bo'lmasin, fikrlash doirasi tor va tuban bo'lsa, bu aql va zakovat vayronkor kuchga aylanadi. Shu ma'noda, ma'naviyat inson tafakkuri, aql-zakovati, butun faoliyatini tizginlab turadi. Bunda ma'naviyatning o'rni ustunlik qiladi. Ma'naviyat bor joyda faqat umuminsoniy qadriyatlar inson aql-zakovati, kuch-qudratini bunyodkorlik sari yo'naltirishi mumkin. Shuning uchun ham qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo'lsa, o'sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi. Hushyorlik Jonkuyarlik Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida ta'lim tizimini isloh qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, erkin fikrga ega bo'lgan komil insonlarni tarbiyalash fuqarolik jamiyati rivojlanishining o'zagini tashkil etadi. Jamiyat hayotidagi o'zgarishlar, eng avvalo, inson tafakkuri orqali amalga oshadi. Insonning qanday tafakkur tarzi shakllangan bo'lsa, shunga mos tarzda uning borlig'i - hayot tarzi yo'lga qo'yiladi. Inson fikrining teranligi, tiniqligi, mantiqiyligi, erkinligi, mustaqilligi, badiiyligi, ijodiyligi tafakkurning sifat va mezonlari hisoblanadi. Savol va topshiriqlar: 1. Fuqarolik jamiyatida inson ma'naviyati qanday bo'ladi? 2. Adabiyot darsida olgan bilimlaringizga tayanib, quyidagi savollarga javob bering. Alisher Navoiyning qaysi asarlarini o'qigansiz? Alisher Navoiy asarlarida mamlakat tinchligi, farovonligi bilan bog'liq fuqarolik jamiyatiga oid qanday g'oyalar ilgari surilgan? Alisher Navoiyning «Jamiyatning asosini ma'rifiylik ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx