Fuqarolik mas'uliyati va daxldorlik 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 8-mavzu Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas'uliyatni his qilgan holda odamlarning sog'lig'iga ziyon yetkazmaydigan, sara mahsulotlardan foydalanadi. Insonlar sog'lig'ini o'ylab barcha sanitariya gigiyena va boshqa tartib-qoidalarga rioya qiladi. To'g'ri, bu vazifalarini nazorat qilib turadigan davlat tashkilotlari ham bor, ammo tadbirkor o'zining jamiyat oldidagi mas'uliyatini his qilgan holda o'z ishiga sidqidildan, vijdonan yondashadi. Fuqaro mas'uliyati deganda jamiyatning axloqiy talablarini kundalik faoliyatida qo'llay bilish, ularga rioya etish yoki etmaslik tushuniladi. Inson o'z burchini anglagani sari uning zimmasida mas'uliyat hissi ortib boradi. Qachonki inson oilasi oldidagi burchni anglab yetsa, u jamiyat oldida mas'ulligini tushunadi. Qachon inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik hissi paydo bo'ladi. Fuqaro daxldorligi - biror-bir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklikdir. Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg'usi bilan yashasa, uning jamiyat oldidagi burchi va mas'uliyati ham kuchayib boradi. Shuning uchun daxldorlik va mas'uliyatni kundalik faoliyatiga aylantirgan inson haqiqiy ma'naviyatli inson hisoblanadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy moddiy va ma'naviy merosni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazish uchun shu yurtda yashovchi har bir fuqaro mas'uldir. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasining oshirilishi, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishida har bir fuqaroning shaxsiy mas'uliyati va daxldorligi yotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O'zbekistonda 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida beshta ustuvor yo'nalish belgilab berildi. Beshta ustuvor yo'nalish Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalarni qamrab olgan. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
305 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
305 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx