10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 15-mavzu Inson ma'naviyatida etiketning o'rni Etiket (frans. etiquette - ma'lum joyda o'rnatilgan tartib-qoida) - inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi bo'lib, asrlar davomida go'zallik, intizom, aql va idrokning uyg'unligi asosida shakllangan estetik me'yorlar majmuyidir. Etiket insonni boshqalar bilan samimiy munosabati, uning ma'naviy-madaniy saviyasi, axloqiy me'yorlar sari yetaklovchi tarbiyani o'z ichiga oladi. Har bir insonda etiket rivojlanish xususiyatiga ega va u har kimda har xil darajada shakllanadi. Bu - insonning tashqi madaniyati, o'zaro munosabatlarda o'zini tutishi, odob-axloq qonun-qoidalariga qay darajada amal qilishi bilan belgilanadi. Muomala suhbatlashishning muhim vositasidir. Suhbatdoshining gapini bo'lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. Bunda umume'tirof etgan qoidalar mavjud. Salomlashish - tilimizdagi mehr-oqibat, mehr- muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan chuqur ma'no-mazmunni o'zida mujassam etgan ma'naviy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Salomlashish - mohiyat-e'tibori bilan xayrixohlikni ko'rsatuvchi va hurmatni bildiruvchi odat. Salomlashish kundalik hayotimizda ko'p ishlatiladigan fazilat hisoblanib, kishidan xushmuomalalikni talab qiladi. Suhbat jarayonida ba'zan bir necha kishi ishtirok etishi ham mumkin. Bunday vaziyatda suhbatning mavzusi har bir odam uchun qiziqarli va tushunarli bo'lishiga erishish lozim. Davradagi suhbatdoshlar uchun mutlaqo notanish bo'lgan mavzular - o'qish, muassasa, ishxonadagi mojarolar, kamchiliklar, oiladagi ziddiyatli holatlarning qizig'i yo'q. Kiyim - inson madaniy darajasini ko'rsatuvchi asosiy belgilardan biri. qiyinish madaniyati - insonning tashqi qiyofasi, uning ma'naviy dunyosi, estetik didi, shuningdek, axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatini ifoda etadigan tushuncha. Ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy meroslarda qiyinish madaniyati did, farosat, xayo kabi insoniy fazilatlar bilan bog'liq holda talqin etilgan. Savol va topshiriqlar: 1. «Etiket» tushunchasiga ta'rif bering. Siz etiket deganda nimani tushunasiz. Etiketni ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx