Inson ma'naviyatida ma'rifatning o'rni 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu Ma'rifat (arabcha bilish, bilim, ma'lumot, tanish, tanishish) - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi bilimlar, ma'lumotlar, ta'lim-tarbiya va maorif tizimi uyg'unligini ifodalovchi tushuncha. Shuningdek, ma'rifat tushunchasi bilimli, ma'lumotli, ma'naviyatli insonga nisbatan qo'llaniladi. Ma'rifat haqida qadimiy tarixiy merosimiz «Avesto»da ham aytib o'tiladi. Unda ma'rifat ezgulikning namoyon bo'lishi, ezgu fikr va ezgu so'zning amalga oshiruvchi kuchi sifatida talqin qilingan. Avesto Bundan tashqari, uyg'onish davrining Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin NAQSHband kabi allomalari o'zlarining beqiyos ma'rifatli asarlari orqali umuminsoniy qadriyatlarni yaratishga ulkan hissa qo'shganlar. Xususan, Hakim Termiziy «Kitob bayan-al-ilm» nomli risolasida ma'rifatni nur, yorug'likka qiyoslagan. Ma'rifat - ma'naviyatga olib keladigan yo'l, uni shakllantiruvchi vositadir. Ma'rifat millat tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Turkiston o'lkasida faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyandalari madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo'liga olib chiqish, milliy davlatchilik asoslarini bunyod etish uchun ma'rifat yo'lidan foydalanishgan. Ular yaratgan maktablar xalqqa, avvalo, ma'rifat tarqatishi, zamonaviy ilm-fanni singdirishi zarurligi haqidagi fikr jadidlarning ma'rifatchilik faoliyatidagi eng asosiy maqsad edi. Millatni, xalqni ma'rifatli qilishga butun hayotlarini bahshida etgan vatandoshlarimizdan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Cho'lpon, Pahlavon Niyoz Hoji, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning hissalari katta bo'ldi. Jamiyat fuqarolarining ma'naviyati ma'rifiy jarayonlar bilan uzviy aloqador. Inson ma'naviyati u o'zlashtiradigan bilim, amaliy tajriba va ko'nikmalar hamda ijodiy kamoloti bilan bog'liq. Ma'naviyatli inson erkin va ozod jamiyatda yashashdan manfaatdor bo'lib, o'zining jamiyatga naf tegishi jamiyatda obro'li o'rin egallashi uchun fidoiylik ko'rsatadi. Jamiyatni ma'rifatli insonlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. «Ma'rifatli inson» iborasida «orif» so'zi ham borligi uchun ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx