10-sinf Ma'naviyat asoslari Inson ma'naviyatini shakllantirishda imijning o'rni

10-sinf Ma'naviyat asoslari Inson ma'naviyatini shakllantirishda imijning o'rni

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ma'naviyat asoslari Inson ma'naviyatini shakllantirishda imijning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Inson ma'naviyatini shakllantirishda imijning o'rni 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 14-mavzu Imij (ing. image - qiyofa, tasvir) - bu muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan kishilar ongida shakllangan qiyofadir. U idrok etilayotgan voqea, hodisa, kishilar to'g'risida birorta axborotni saqlaydi va muayyan ijtimoiy xatti-harakatga turtki beradi. Imij o'z egasi haqida axborot beradi, tez o'zgaradi, kishilar ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti- harakatlariga ta'sir o'tkazadi. Imij insonlarning ruhiyatiga ta'sir o'tkazadi. To'g'ri tanlangan imij shaxsning o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi. Insonlar imij orqali o'zlariga e'tiborni jalb qilish, xayrixoh munosabatlarni o'rnatish, mulozamat ko'rsatishlari mumkin. Imij insonning eng yaxshi sifatlarini namoyon qilishga yordam beradi, insondagi shaxsiy salbiy xususiyatlarini berkitadi. Ust-boshning vazifasi insonni faqatgina sovuqdan, yomg'irdan himoya qilish emas, balki o'ziga e'tiborni tortish hamdir. Libosning yagona tarziga bo'lgan talab muassasa, tashkilot madaniyatini, yagona ruhni, muassasaga nisbatan ijobiy mu-nosabatni, uning rivojiga mansublik hissini vujudga kelishini mustahkamlashga imkon yaratadi. Kiyimdagi tartiblilik hamda ixchamlik ko'pincha insonlarning o'qishda, ishda va jamiyatda qanday o'rin tutishi bilan belgilanadigan muhim jihatlardan biridir. Tanlangan kiyim vaqt va muhit bilan muvofiq bo'lishi lozim. Ayollarning latofatli ko'rinishida yana bir kichik sir yashiringan. Bulardan taralib turadigan iforning siri. Atir hidi ichki va tashqi go'zallikni uyg'unlashtirib turadi. Ba'zi insonlar chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin ularda ma'naviy fazilatlari ko'p bo'lsa, o'zgalarning e'tiborini tortadi. Ishbilarmon kishi xushmuomala, ko'ngli ochiq bo'lishi, suhbatdoshi bilan so'zlashganda o'zining fikrlarini erkin ifoda eta olishi lozim. Insonning ichki dunyosini his etish, uni tushunish, oldindan bo'ladigan muzoqaralar yechimini his etish yoki o'z hamsuhbatining kayfiyatini bilib, mavzuni o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lgan inson faqat ezgu maqsadni ro'yobga chiqishiga sababchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga