10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 4-mavzu Jamiyat ma'naviyatining shakllanishida mahallaning o'rni Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo hududi xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan hamda turli millat, elatlar tinch-totuv yashagan makon bo'lib keldi. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o'zbek xalqi uchun jamoa bo'lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. Mahalla tumanlar ichidagi kichik hududiy birlik bo'lib, o'tmishdan meros bo'lib kelmoqda. Ma'lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo'ni-qo'shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, urf-odatlar, an'analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar orqali ham bog'liqdir. Mahalla hayotining jamoa bo'lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o'zini-o'zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo'yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan. Mahalla ma'naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi bo'lib, an'anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobi shakllangan maskandir. «Mahallada duv-duv gap», «Suyunchi» kinofilmlaridagi epizodlarda mahalladagi qadriyatlar yaqqol namoyon bo'lganini ko'ramiz. Mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari - bevosita fuqarolar tomonidan saylanadigan organlardir. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o'rin tutadi. Bu saylov demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o'tkaziladi. Bizning mahallalarda boquvchisini yo'qotgan qariya yoki bemor kishining qarovsiz qolishi mumkin emasligi ham yuksak insoniy qadriyatlardan biridir. Darhaqiqat, mahalla - xalqimizning turmush tarzi, ruhiy-ma'naviy ehtiyojidan kelib chiqib, mafkuraviy ongi va tafakkuri, insonlarning o'zaro aloqalari, oilaviy munosabatlarni shakllantiruvchi, qo'ni-qo'shnichilik, quda-andachilik kabi masalalarni hal etuvchi nodavlat tashkilot ham hisoblanadi. Mahalla bugungi kunda ma'naviy-tarbiyaviy maskan sifatida jamiyat va davlatning demokratik rivojlanishiga o'zining munosib hissasini qo'shmoqda. Savol va topshiriqlar: 1. «Oila, mahalla, ta'lim muassasasi hamkorligi» konsepsiyasida nima uchun mahallaga alohida urg'u berilgan? 2. Harbiy kasb ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
346 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
346 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx