Ma'naviy xavfsizlik Название компании 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 9-mavzu Ma'naviy xavfsizlik - jamiyat a'zolarini ma'naviy xurujlar, g'oyaviy tahdidlardan himoyalanish tizimini ifodalovchi tushuncha. Ma'naviy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida umummilliy manfaatlarning himoya qilinishiga yo'naltirilgan faoliyatdir. Shuningdek, ma'naviy xavfsizlik deganda milliy manfaatlarni ta'minlash ehtiyoji bois vujudga keladigan va jamiyat a'zolari ma'naviy, g'oyaviy-ruhiy hayotining barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan faoliyat hamda uzluksiz jarayon tushuniladi. Ma'lumki, inson ma'naviyatiga qarshi turgan tahdidlar qurolli xurujlarga nisbatan ko'proq ta'sir kuchiga ega bo'lib bormoqda. Tarixiy tajribadan ma'lumki, muayyan mamlakatni zabt etmoqchi bo'lgan istilochilar, avvalo xalqning ruhiyati, ma'naviyati va qadriyatlariga bolta urishga harakat qiladi. Milliy ma'naviyati va qadriyati parokanda etilgan millat va elatlar o'zligini yo'qotadi, hukmron mafkura ta'siriga tushib, uning manfaatlariga xizmat qilishga majbur bo'ladi. Davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi natijasida ilgari kuzatilmagan, noan'anaviy tahdidlar yuzaga kela boshladi. Hozirda ayrim g'arb davlatlari tomonidan o'z milliy manfaatlarini kengaytirishda «demokratiya eksporti», «rangli inqiloblar» va «axborot xuruji » kabilar asosiy vositaga aylanmoqda. G'arazli maqsadga ega bo'lgan kuchlar o'zlarining g'oyalarini turli xil nodavlat tashkilotlar, loyihalar, fondlar vositasida amalga oshirishga urinadilar. Bunday siyosatni amalga oshirishda ular axborotning eng qulay va eng tezkor, eng samarali vosita va usullaridan foydalanmoqdalar. Axborot ayrim g'arb davlatlari hamda xalqaro terroristik tashkilotlar qo'lida asosiy va dahshatli qurol vositasiga aylanib bormoqda. Globallashuv jarayoni bevosita axborot bilan bog'liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Mafkuraviy tahdidlar oxir-oqibat, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:48:14
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: ppt