10-sinf Ma'naviyat asoslari Ma'naviyat - beqiyos kuch

10-sinf Ma'naviyat asoslari Ma'naviyat - beqiyos kuch

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ma'naviyat asoslari Ma'naviyat - beqiyos kuch - rasmi

Material tavsifi

MA'NAVIYAT - BEQIYOS KUCH 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu Ma'naviyat - inson ongiga ta'sir ko'rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo'nalishga soladigan yengilmas kuch. Ma'naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma'naviy, madaniy va moddiy asoslar, an'analar, qadriyatlar, turmush tarzi, g'oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushunchalar tashkil etadi. Inson ma'naviyatining shakllanishida tarixiy xotira alohida ahamiyatga ega. Agar millat o'zining kim ekanligini unutsa, bu o'sha millat uchun ulkan haloqatdir. Inson o'zining tarixiy xotirasiga ega bo'lmasdan turib, hayotida sodir bo'layotgan ijtimoiy o'zgarishlarning mohiyatini tushunib yetolmaydi, kelajagini to'g'ri tasavvur qila olmaydi. Ma'naviyatning negizi va ma'no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar - insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg'ayishidir. Sulolalar ravnaqi Xalqimizda «Vatan ostonadan boshlanadi», deyishadi. Ostona bu - uy, xonadon, oila, demak. Ma'lum bir oilalar avlodi esa sulola hisoblanadi. Qaysiki, sulola a'zolari el-yurt manfaati yo'lida xizmat qilib, xalq orasida obro'-e'tibor toparkan, bu yo'l qolganlar uchun ibratlidir. Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir. Hayotimizda halol va pok yashash kabi oliyjanob fazilatlardan butunlay uzoq bo'lib yashaydigan, hayotning ma'no-mazmunini o'zicha talqin qiladigan kimsalar ham bor. To'g'rilik, halollik, tirishqoqlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, shaxsiy ibrat kabi go'zal fazilatlar-u xususiyatlarga ega bo'lish, ularga doimo amal qilib yashash - komil insonning ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezonlar sanaladi. Bugungi tezkor zamonda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina o'z milliy qadriyatlarini yuksaltirish orqali o'zligini teran anglashi, erkin va ozod O'zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashi uchun fidoiylik ko'rsata olishi mumkin. Ma'naviyat insonning ong-u shuuriga yillar davomida ona suti, oila ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga