10-sinf Ma'naviyat asoslari Moddiy va ma'naviy hayot-inson ziynati

10-sinf Ma'naviyat asoslari Moddiy va ma'naviy hayot-inson ziynati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ma'naviyat asoslari Moddiy va ma'naviy hayot-inson ziynati - rasmi

Material tavsifi

Moddiy va ma'naviy hayot-inson ziynati 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu Antik davr faylasuflari bo'lmish Suqrot va Aflotun, Epikur va Demokrit, Xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning ayrimlari bu boradagi nazariy qarashlarida ruhiy olamni birlamchi deb bilsa, boshqalari moddiy olamni asosiy o'ringa qo'yadi. Aflotun Suqrot Konfutsiy Insonning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o'zi o'ta murakkab masala bo'lsa-da, uni anglashga harakat qilib ko'ramiz. Yana bir narsa borki, uydami, maktab kutubxonasidami o'zimizga qiziq bo'lgan, biror bir badiiy asarni o'qishni boshlasak, kitob qahramonlari ruhiyatiga kiramiz. Asardagi voqealar ichiga xayolan tushib qolib, uni qo'limizdan qo'ymaymiz. Voqealar jadallashishini, yakuni qanday bo'lishini bilishga oshiqamiz. Hatto qornimiz ochgani ham esimizdan chiqib ketadi, och qolganimizni sezsak ham vaqtni qizg'anib kitobdan boshimizni ko'tarmaymiz. Bu o'rinda moddiy va ma'naviy jarayonlar o'zaro to'qnash kelmoqda. Har ikkisi ham inson uchun kerak. Inson bu hayotda yashar ekan, ham moddiy, ham ma'naviy xususiyat va alomatlarni o'zida mujassam etadi. Moddiy Ma'naviy Inson yashashi, faoliyat ko'rsatishi uchun yeb-ichish, qiyinish kabi moddiy va mazmunli hayot kechirishi uchun ma'naviy ehtiyojlarga muhtoj bo'ladi. Moddiy va ma'naviy hayotning uyg'unligi - inson va jamiyat hayotida moddiy hamda ma'naviy asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o'zaro aloqadorligi va bog'liqligini ifodalaydi. Moddiy va ma'naviy hayot bir-birini inkor etmaydi. Ular o'zaro bog'lanib, bir-birini to'ldiradi. Inson bor ekan, o'z orzu-istaklarini amalga oshirish, baxtli- saodatli yashashi uchun hayotini shu ikki mezonga bog'laydi. Mamlakatimizda insonlarning yaxshi yashashi, jamiyatning faol a'zosi bo'lishi uchun moddiy va ma'naviy hayot masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Jamiyat hayoti moddiy va ma'naviy ko'rinishga ega. Shunday ekan, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.21 MB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.21 MB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga