6-sinf Vatan tuyg'usi Biz - O'zbekiston fuqarosimiz

6-sinf Vatan tuyg'usi Biz - O'zbekiston fuqarosimiz

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Vatan tuyg'usi Biz - O'zbekiston fuqarosimiz - rasmi

Material tavsifi

Biz - O'zbekiston fuqarosimiz 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 12-mavzu Aziz o'quvchi, e'tibor berganmisiz, ota-onangiz yoki qarindoshlaringiz chet davlatga bormoqchi bo'lsa, o'zi bilan albatta pasportini oladi. Chunki pasport insonning fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjatdir. Odamning fuqaroligi esa qaysi davlat yoki xalqqa mansubligini, uning o'sha davlat himoyasida ekanini, o'z yurtiga munosib bo'lish majburiyatini bildiradi. «Fuqaro» so'zi grajdanlik ma'nosini anglatadi. Grajdanin lotincha so'z bo'lib, huquqiy jihatdan biror-bir davlatga mansublikni bildiradi. Ota-bobolarimiz o'zlari haqida gap ketganida, kamtarlik bilan «faqir-u haqir», «faqiringizni afv etgaysiz», «faqirlik-da, bilmay qolibmiz» kabi iboralarni ishlatganlar. Biz - O'zbekiston davlatiga mansubmiz va buni e'tirof etar ekanmiz, har safar qalbimiz quvonchga to'ladi. O'zbekiston dunyoda qiyosi yo'q go'zal va betakror mamlakatdir. Bunday Vatanda tug'ilish, uning bebaho ne'- matlaridan bahramand bo'lish hammaga ham nasib qilavermaydigan ulkan saodatdir. O'zbekiston fuqaroligining huquq va burchlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan. Fuqarolik hissi Vatanimiz farzandlarini birlashtiradi, ahil va inoq qiladi. Bunday hamjihatlikning ahamiyatini Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaydi. Fuqaro so'zi Vatanning chin farzandi, fidoiy inson ma'nolarini ham anglatadi. Siz jasur fransuz qizi Janna d'Ark haqidagi kitoblarni o'qigan, filmlarni ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Uni orleanlik qiz deb ham ataydilar. Janna d'Ark U yosh bo'lishiga qaramasdan, Orlean shahrini inglizlardan ozod qilishga, taxtdan chetlashtirilgan fransuz qirolini o'z o'rniga tiklashga qaror qiladi. Ongli fuqaro o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonib harakat qiladi. Bu darajaga yetish uchun inson yoshlikdan ko'p o'qishi, irodasini tarbiyalab borishi lozim. Masalan, katta bo'lib, yurtimizda o'tadigan saylovlarda ishtirok etsangiz, jamoat ishlarida faol qatnashsangiz, qonun talablarini qat'iy ado etsangiz, ongli fuqarolik fazilatlarini namoyon etgan bo'lasiz. Savol va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga