Eng ulug', eng aziz ayyom 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 1-mavzu Siz yangi o'quv yilini boshlab, yana qadrdon maktabingiz bag'riga qaytgan shu kunlarda yurtimizda bayram tantanalari davom etmoqda. 1-sentabr - Mustaqillik kuni ekanini siz albatta yaxshi bilasiz. Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne'mat bo'lgani uchun uning mustaqilligi ham shunchalik qadrlidir. Mustaqillik el-yurtimizni zulm va kishanlardan ozod qildi, uning qonuniy huquqlari, sha'n-u g'ururi, tarixi, tili va dini, milliy qadriyatlarini tikladi. Biz o'zimiz nafas oladigan, hayotimizning eng muhim sharti bo'lgan toza havo, tinch-osoyishta hayot naqadar bebaho ne'mat ekani haqida ko'pincha chuqur o'ylab ko'rmaymiz. Siz bugun erkin va ozod, tinch va osoyishta yurtda yashab, zamonaviy bilim maskanlarida ta'lim-tarbiya olmoqdasiz. O'zbekiston maktablari Mamlakatimizda 9700 ta zamonaviy umumta'lim maktabi bor. Ularda 4 million 521 mingdan ortiq bola ta'lim olmoqda. Ilk bor maktab ostonasiga qadam qo'yadigan 1-sinf o'quvchilari har yili davlat hisobidan «Alifbe» kitobi va boshqa darsliklar, zarur o'quv qurollari bilan bepul ta'minlanadi. Masalan, 2014-yilda 587 mingga yaqin 1-sinf o'quvchisi salkam 28 milliard so'mlik darslik va o'quv anjomlari bilan ta'minlandi. Siz yurtimizda har yili 8-mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tantanali topshirish marosimini albatta ko'rib borsangiz kerak. Bugungi kunda xalqimizning ozod va erkin hayot barpo etish, dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallash yo'lidagi ulkan intilish va harakatlarining mustahkam manbayi ham ana shunday buyuk tuyg'ulardir. Vatan tuyg'usini chin dildan his etish, shu tuyg'u bilan yashash inson hayotiga ma'no-mazmun bag'ishlaydi, uni kamolot sari yetaklaydi. Bunday odam hayotning murakkab so'qmoqlarida adashmaydi, o'z xalqining mard va fidoiy farzandi bo'lib voyaga yetadi. Eng ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx