Milliy qadriyatlarimiz 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 10-mavzu Qadriyat «qadr» so'zidan olingan bo'lib, necha asrlardan buyon inson tomonidan qadrlanib, taraqqiyotga xizmat qilib kelayotgan odat, rasm-rusum, an'analarni bildiradi. Har bir xalqning milliy qadriyatlari uning o'zligi timsoli hisoblanadi. Jumladan, bizning go'zal milliy qadriyatlarimiz ham. Navro'z bayrami. Bu bayram xalqimiz o'troq hayotni boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda. «Navro'z» forscha so'z bo'lib, yangi kun degan ma'noni bildiradi. Milliy bog'da Navro'z bayrami Har yili mamlakatimiz poytaxtidagi O'zbekiston Milliy bog'ida bo'ladigan Navro'z bayramiga bag'ishlangan tantanali bayram shodiyonasi sun'iy yo'ldosh orqali dunyoning ko'plab mamlakatlarida ko'rsatiladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 2010-yil 21-mart sanasi xalqaro Navro'z kuni deb e'lon qilindi. Bugungi kunda bu bayram dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda. Xalq hayotida shunday qadriyatlar bo'ladiki, ular millatning o'zi bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Til - har bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir. O'zbek tili ham millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib kelgan. Aziz-avliyolarimizning qabrlari oyoqosti qilingan, ularning nomlari, o'lmas merosi xalqimizdan yashirilgan. Bugungi kunda yurtimizning qaysi go'shasiga borsangiz, buyuk bobolarimiz xoki yotgan muqaddas qadamjolarni, ularning obod va fayzli maqbaralarini, so'lim bog'-rog'larni, xotira xiyobonlarini, zamonaviy litsey va kollejlarni, ravon yo'llarni ko'rasiz. Hozirgi vaqtda har tomonlama obod qilinib, yurtimiz va butun dunyodan ming- minglab insonlar kelib ziyorat qiladigan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Bahouddin NAQSHband yodgorlik majmualari bir paytlar mutlaqo qarovsiz qolib ketgan edi. Buxoro. Bahouddin NAQSHband yodgorligi Yurtdoshlarimizning har yili muqaddas Ka'ba ziyoratiga - haj va umra safarlariga, dunyoning boshqa mamlakatlariga ilm olish, ishlash, savdo-sotiq qilish, sayohat va dam olish uchun borib kelayotganini yaxshi bilamiz. Milliy ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx