Name of presentation 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 2-mavzu Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! Yurtimizni, uning shahar va qishloqlarini aylanar ekanmiz, ko'chalar, maydonlarni bezab turgan shior va lavhalar orasida mazkur iboraga ham ko'zimiz tushadi. Xalqimiz uchun pok tuyg'u va niyatlar bilan yashash necha ming yillik bezavol qadriyatga aylanib ketgan. Shuning uchun ham hayotimizni ulardan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Ota-bobolarimiz daraxt eksa, uy qursa: «Ko'p yillar bolalarimga, bolalarimning bolalariga xizmat qilsin!» - deb yaxshi niyat qiladi. Mustaqillik ana shunday buyuk qadriyatdir. Bu so'zni aytganda, biz ham tariximiz, ham bugungi kunimiz, ham kelajak hayotimizni ko'z o'ngimizdan o'tkazamiz Ajdodlarimiz aynan mustaqillikni qo'lga kiritib, o'z yurti, o'z davlatiga o'zi egalik qilgan davrlarda dunyoga dong taratib, mislsiz yutuqlarga erishganlar. «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobini o'qib chiqsangiz, bunga to'la ishonch hosil qilasiz. Ana shu tarixiy bayonotdan boshlangan o'zgarishlar 1991-yil 31- avgustda mustaqillikka erishganimizdan keyin yanada keng tus oldi. Xalqimizning ishonchi va tayanchi Yurtimizda 31 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Buning teng yarmini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda turli qazilma boyliklar, dunyo bozorida talab katta bo'lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonalari ko'p. Bir paytlar Amir Temur bobomiz: «Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, qurgan imoratlarimizga boqsin», - deb katta ishonch, g'urur-iftixor bilan o'z ishining abadiyatga daxldor ekanini ta'kidlagan edi. Sohibqiron bobomizning nabirasi, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek esa ilm-fan sohasidagi kashfiyotlari hech qachon yo'q bo'lib ketmasligini nazarda tutib: «O'z ishimni munosib avlodlarimga qoldirdim», - deb aytgan. Ular boshqa buyuk allomalarimiz qatori Mirzo Ulug'bek merosi haqida ham yaxshi fikrlar bildirdilar, ya'ni, bu buyuk mutafakkirning ahkomidan ahkomlar yaratganlarini ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.68 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.68 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx