O'tda yonmaydigan meros 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 9-mavzu Moddiy boylik qanchalik ko'p, qanchalik bebaho bo'lmasin, bir kuni kelib eskirishi yoki turli faloqatlar tufayli o'tda kuyib, suvga cho'kib ketishi mumkin. Ma'naviy boylikning afzalligi shundaki, unga vaqt, zamon o'z ta'sirini o'tkazolmaydi. Ma'naviy boylik o'tda yonmaydi, suvda cho'kmaydi, toki inson, xalq va millat bor ekan, ularning qalbida, ong-u shuurida yashayveradi. 12 ming qoramol terisiga bitilgan kitob Bundan 2700 yil avval bizning yurtimiz hududida yaratilib, 12 ming qoramol terisiga tilla suvi bilan yozilgan «Avesto» kitobi chet o'lkalarda ham ma'lum va mashhur bo'lgan. Masalan, mashhur yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy 32 kitobdan iborat bu asarning asl nusxasini Yunonistonga yuborgan. Dunyodagi turli kuchlar bu boylikka egalik qilishga uringan. Mashhur nemis faylasufi Fridrix Nitsshe «Avesto» hikmatlaridan ruhlanib, «Zardusht tavallosi» nomli asar ham yozgan. Urganch shahridagi «Avesto» yodgorligi Ming yilda bir tug'iladigan alloma Qadimiy Xorazm zaminidan yetishib chiqqan ulug' ajdodimiz Mahmud Zamaxshariy ilm-u ma'rifat yo'lidagi beqiyos xizmatlari uchun «Jorulloh», ya'ni «Ollohning qo'shnisi» degan yuksak e'tirofga sazovor bo'lgan. Mahmud Zamaxshariy U yaratgan «Al-mufassal» kitobi arab tilining grammatikasiga asos qilib olingan bo'lib, arab dunyosida unga hozirgacha amal qilinadi. Yurtimiz shuhratini olamga yoygan alloma bobolarimizdan yana biri tabobat ilmida ulkan kashfiyotlarni amalga oshirgan, shayxur-rais, ya'ni allomalarning eng ulug'i nomini olgan Abu Ali ibn Sinodir. Abu Ali ibn Sino U zotning «Tib qonunlari» asari Yevropauniversitetlarida olti asr davomida darslik sifatida o'qitilgan, o'ziga xos falsafiy ta'limoti esa olimlar tomonidan hanuz katta qiziqish bilan o'rganiladi. «Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx