O'zbekiston milliy bog'i 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 4-mavzu Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida xalqimizning iftixori bo'lgan, ko'pchilik borib ko'rishni, sayr etishni orzu qiladigan qutlug' maskan bor. Bu - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'idir. U mamlakatimizdagi eng yirik madaniyat va istirohat bog'i hisoblanadi. Uni qisqagina qilib, Milliy bog' deb ham ataymiz. Milliy bog' Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan bolib, 69 gektar maydonni egallaydi. Bog' 1991-yili Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Aynan o'sha yili bu yerdagi baland tepalikka Alisher Navoiyning 550 yilligi sharafiga shoirning muazzam haykali o'rnatilgan edi. Amfiteatrning g'arb tarafida Oliy Majlis binosi va Abulqosim madrasasi, sharq tomonida esa «Navro'z» restorani joylashgan. Oliy Majlis binosi Alisher Navoiy haykalining old tarafidagi xiyobon oralab kanal oqib o'tadi. Unga charxpalak o'rnatilgan. Bu xiyobonga 2007-yili atoqli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning, 2010-yili Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning, 2013-yilda esa O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunovaning haykallari o'rnatilgan. Said Ahmad va Saida Zunnunovaning haykallari Bu yerdagi amfiteatrda har yili Navro'z va Mustaqillik bayramiga bag'ishlab o'tkaziladigan tantanali marosimlarni el-yurtimiz, chet ellik mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboni ham go'zal maskanlardan biridir. O'zbekiston Milliy bog'i shaharning janubi-g'arb tomonida joylashgan bo'lsa, Amir Temur xiyoboni sharq tomonidadir. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng Prezidentimizning tashabbusi bilan bu maskanga Amir Temur xiyoboni deb nom berildi. 1993-yilda esa xiyobonning o'rtasiga Sohibqiron Amir Temur bobomizning muhtasham haykali o'rnatildi. Xiyobonning shimol tarafida 1996-yili Amir Temurning 660 yillik tavallud to'yi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Poytaxtimizning ana shu tarixiy sanasiga bag'ishlangan tantanali marosim ham aynan «O'zbekiston» ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.85 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.85 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx