6-sinf Vatan tuyg'usi O'zbekistonning fidoiy farzandlari

6-sinf Vatan tuyg'usi O'zbekistonning fidoiy farzandlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Vatan tuyg'usi O'zbekistonning fidoiy farzandlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning fidoiy farzandlari 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 14-mavzu Insonda ma'naviy jasorat tuyg'usi bo'ladi. Aynan ana shu tuyg'u uning butun vujudini harakatga keltirib, qahramonlikka undaydi. Yurtimizning bugungi fidoiy, qahramon farzandlari haqida ko'p gapirish va misollar keltirish mumkin. Chunki xalqimizning mustaqillikka erishganining o'zi ma'naviy jasorat mahsuli bo'lgani kabi, istiqlol yillaridagi barcha yutuq va marralarimiz ham ana shunday ulug' fazilat natijasidir. Hozirgi kunda yurtimizda ming-minglab vatanparvar yoshlar yetishib chiqmoqda. Ayniqsa, davlatimiz sarhadlarini terrorchi guruhlardan himoya qilishda mardlik va matonat ko'rsatib, qahramonlarcha halok bo'lgan botir yigitlarning jasoratini el-yurtimiz hech qachon unutmaydi. Bugungi kunda ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida nufuzli musobaqalar, ko'rik-tanlovlar va festivallarda munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarayotgan yoshlar ham haqiqiy vatanparvarlardir. Vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashda ko'p o'qish, qishloq va mahalla hayotida faol ishtirok etish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni o'rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Vatanning shahar va qishloqlarini o'rganish, dunyo kezish ham insonga olam-olam taassurot beradi, uning qalbini go'zallashtiradi, tasavvurlarini kengaytiradi. Vatanparvarlik insonni qanchalik yuksakka ko'tarsa, Vatanga xiyonat shuncha xor-u zor etadi. Vatanga xiyonat otaga, onaga xiyonat qilish bilan barobar. Vatan bor ekan, vatanparvarlik eng oliy fazilatlardan biri bo'lib qolaveradi va ana shu sharafga munosib farzandlar ham voyaga yetaveradi. Vatanparvarlik borasida avvalo Vatanning o'zi buyuk murabbiy hisoblanadi. Uning saxovatli zamini, betakror tabiati, bir-biridan go'zal shahar va qishloqlari, shonli tarixi, boy madaniyati, shu tuproqning fidoiy va jonkuyar farzandi bo'lishga undaydi. Ona O'zbekistonimiz - ana shunday beqiyos o'lka. Binobarin, biz uchun unga munosib farzand bo'lishdan ortiq baxt-u saodat yo'q. Savol va topshiriqlar: 1. Yurtimizning bugungi kundagi fidoiy farzandlari haqida gap ketganida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga