6-sinf Vatan tuyg'usi Qadimiy Registon

6-sinf Vatan tuyg'usi Qadimiy Registon

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Vatan tuyg'usi Qadimiy Registon - rasmi

Material tavsifi

Name of presentation 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 7-mavzu Qadimiy registon Shaharlardagi betakror tarixiy obidalar bizning bebaho boyligimizdir. Ularning orasida Registon maydoni alohida o'rin tutadi. «Registon» so'zi fors tilidan olingan bo'lib, mayda tosh to'shalgan joy degan ma'noni bildiradi. Registon qadimda odamlar to'planadigan, hukmdorlarning saroyiga yaqin yerda joylashgan markaziy maydon hisoblangan. Registon maydoni Buxoro shahrida ham mavjud. Qadimda esa Shahrisabz, Nasaf, Toshkent shaharlarida ham shunday maydonlar bo'lgan. Ulardan eng mashhuri va to'liq saqlanib qolgani Samarqand shahridagi Registon majmuasidir. Registon shaharning o'rtasida joylashgani va ko'plab tarixiy voqealar aynan shu maydon bilan bog'liq bo'lgani uchun u Samarqandning yuragi deb ham ataladi. Registon maydonida uchta buyuk obida qad rostlagan. Ulardan eng qadimiysi Mirzo Ulug'bek madrasasidir. U maydonning g'arb tarafida joylashgan bo'lib, yuksak peshtoqi sharq tarafga qaragan. Mirzo Ulug'bek madrasasi Ulug'bek madrasasi 1417-1420-yillarda Mirzo Ulug'bek tomonidan barpo ettirilgani uchun buyuk ajdodimizning nomi bilan ataladi. Mirzo Ulug'bek Movarounnahr hukmdori bo'lgan zamonlarda bu madrasa o'ziga xos akademiya sifatida shuhrat qozongan. «Movarounnahr» - arab tilidan kirib kelgan so'z bo'lib, daryo ortidagi o'lka degan ma'noni, Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi hududni bildiradi. Keyinchalik buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy ham Samarqandga kelib, mazkur madrasada ta'lim olgan. Mirzo Ulug'bek bilan birga Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi singari olimlar bu yerda talabalarga tahsil berganlar. Mirzo Ulug'bek madrasasi qurilganidan so'ng oradan ikki asrdan ziyod vaqt o'tib, 1619-1636-yillarda Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodirxon dastlab Sherdor madrasasini bunyod ettiradi. Sherdor madrasasi Maydonning shimol tarafida Yalangto'sh Bahodirxon 1646-1660- yillari yana bir muazzam obida - Tillakori madrasa-masjidini barpo ettiradi. Tillakori madrasa-masjidi 1997-yildan buyon Registon maydonida o'tkazib kelinayotgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga