6-sinf Vatan tuyg'usi Umumbashariy qadriyatlar

6-sinf Vatan tuyg'usi Umumbashariy qadriyatlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Vatan tuyg'usi Umumbashariy qadriyatlar - rasmi

Material tavsifi

Umumbashariy qadriyatlar 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 11-mavzu Milliy qadriyatlarning rivojlanishi, yangicha ma'no mazmun bilan boyishida ularning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashib borishi muhim o'rin tutadi. Butun insoniyat hayoti uchun qadrli, ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar umumbashariy qadriyatlar deyiladi. Agar milliy qadriyatlarimizning mohiyatiga teran nazar solsak, ular qadim-qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan bo'lgan doimiy muloqotlar natijasida boyib, takomillashib borganini ko'ramiz. Ayniqsa, Buyuk ipak yo'li bo'ylab karvonlar tinimsiz qatnab turgan davrlarda ota-bobolarimiz turli xalqlarning madaniyati, urf-odat va an'analari, taraqqiyot borasidagi yutuqlaridan bahramand bo'lganlar. O'zbekiston Shuning uchun yurtimizning qadimiy zaminida zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va islom madaniyatiga taalluqli bo'lgan turli yodgorliklar, osori atiqalar ko'p uchraydi. Islom madaniyati Zardushtiylik - olovga sig'inishni targ'ib etadigan, Zardusht tomonidan asos solingan otashparastlik ta'limoti. Buddaviylik - xalq orasida «Budda» - «haqiqat najotkori» deb atalgan shahzoda Gaytama asos solgan diniy-falsafiy ta'limot. Nasroniylik xristianlik dini va ta'limotini bildiradi. Har bir milliy qadriyat zamirida umumbashariy g'oyalar, orzu-intilishlar mujassam bo'ladi. Masalan, tabiatga mehr, ona zamin ne'matlaridan bahramand bo'lish, ularni asrab-avaylash Navro'z bayramining ma'no-mazmuniga ham chuqur singib ketgan. Shuning uchun ham bu bayramimiz dunyodagi barcha millat va elat vakillarida katta qiziqish uyg'otadi. Navro'z bayrami Bugungi kunda tinchlik, jahon xalqlarining taraqqiyoti va farovonligi yo'lida hamkorlik qilish, o'zaro do'stlik, hamjihatlik, ona sayyoramizni asrab-avaylash; har bir inson, xalq hamda millatning haq-huquqlarini hurmat qilish umumbashariy qadriyatlarga aylanib bormoqda. Bizning mamlakatimizda o'tkazilayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, italyan operasiga bag'ishlangan festival, xalqaro foto biyenallilar, turli ilmiy-amaliy anjumanlar, umumbashariy qadriyatlar rivojiga katta hissa qo'shayotganidan dalolat beradi. Savol va topshiriqlar: 1. Ushbu rasmlarda milliy va umumbashariy qadriyatlar qanday aks ettirilgan? 2. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga