Vatanimiz poytaxti 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 3-mavzu Vatanimiz, uning go'zal va obod qiyofasi, ulkan salohiyati haqida so'z borganda, avvalo azim poytaxtimiz Toshkent shahri ko'z oldimizga keladi. Toshkent - nafaqat mamlakatimiz, balki O'rta Osiyo mintaqasining eng yirik ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. U Vatanimizning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan tog' tizmalarining g'arbiy etagida, Chirchiq vodiysida joylashgan. Shahar 335 kvadrat kilometrga yaqin maydonni egallagan bo'lib, bu yerda qariyb ikki yarim million aholi istiqomat qiladi. Toshkent shahar 11 ta tumanga - Bektemir, Mirzo Ulug'bek, Mirobod,b Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlariga bo'lingan. Qadimda shahar Choch, Shosh, Binkat degan nomlar bilan atalgan. Shahar hududida Shoshtepa, Mingo'rik, Chilonzor Oqtepasi, Yunusobod Oqtepasi singari ko'hna shahar qoldiqlari saqlanib qolgan. Toshkent 1930-yildan buyon O'zbekiston poytaxti hisoblanadi. Bular - Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag'bon, Chig'atoy, Ko'kcha, Samarqand, Kamolon, Beshog'och, Qo'ymas, Qo'qon, Qashqar darvozalaridir. Qadimda Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo'lgan. Sharq darvozasi Bugungi kunda Toshkåntning o'zi ulkan darvoza hisoblanadi. Chunki dunyoning g'arbiy o'lkalaridan Sharq mamlakatlariga, Sharqdan esa G'arbga boradigan samolyotlar, avtomobil karvonlari Toshkent orqali o'tadi. Toshkentning yana bir muhim xususiyati - bu yerda irrigatsiya tarmoqlari - ariq va kanallarning ko'pligidir. Biron-bir ko'cha yoki guzar yo'qki, undan suv to'la ariqchalar oqib o'tmasa. Qadimiy Toshkentning ko'cha va mahallalari, guzarlari Temirchi, Miskarlik, Degrezlik (qozon yasovchilar), O'qchi, Egarchi, Taqachi, Mahsido'zlik, Ko'nchilik, Parchabof degan nomlar bilan mashhur bo'lgan. Ko'kaldosh madrasasi Poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Senat, Vazirlar Mahkamasi singari davlatimizning oliy hokimiyat organlari, markaziy vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, fuqarolik tashkilotlari, xorijiy davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritmoqda. O'zbekiston davlat ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx