6-sinf Vatan tuyg'usi Vatanparvarlik

6-sinf Vatan tuyg'usi Vatanparvarlik

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Vatan tuyg'usi Vatanparvarlik - rasmi

Material tavsifi

Vatanparvarlik 6-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 13-mavzu Har bir inson ona yurtiga bo'lgan muhabbati va sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, Vatanning moddiy va ma'naviy boyliklarini oshirishga harakat qiladi. Kimdir Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich yerini ko'z qorachig'idek asraydi. Bularning barchasi vatanparvarlik deb ataladigan aziz va noyob tuyg'uning amalda namoyon bo'lishidir. Odam o'z yurtining dard-u tashvishi, shodlig-u quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto, Vatan uchun jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg'uga emas, yuksak insoniy fazilatga aylanadi. Vatanparvarlik deb, o'z yurtini sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning mustaqilligi, tinchligi va taraqqiyoti yo'lida fidoiylik ko'rsatib yashashga aytiladi. Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan tuprog'i shunday jonkuyar insonlar tufayli ulug' va muqaddas bo'ladi. Vatanparvarlik Vatan tuyg'usini anglashdan boshlanadi. Bu tuyg'u insonni Vatan manfaatlari yo'lida jasorat va qahramonlik ko'rsatib yashashga undaydi. Amerika Qo'shma Shtatlarining birinchi Prezidenti Jorj Vashington XVII asrda Shimoliy Amerikadagi ozodlik harakatlariga boshchilik qiladi. Jorj Vashington Jasur ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi mo'g'ul bosqinchilariga qarshi o'n ikki yil davomida uzluksiz kurash olib boradi. Yov yurtimizga bostirib kirgan paytda Jaloliddin yigirma yoshli navqiron yigit edi. Jaloliddin Manguberdi Alouddin Muhammad Xorazmshoh uzoqni o'ylamasdan ish tutgani uchun mamlakatning harbiy qudrati susayib, kuchlar bo'linib ketadi, buning natijasida uning qo'shini mag'lubiyatga uchraydi. Jaloliddin Manguberdiga bunchalik g'ayrat-shijoat va jasorat bahsh etgan kuch Vatan tuyg'usi, ona yurtga bo'lgan muhabbat, xalqning unga nisbatan ishonchi edi. Mamlakatimizda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etilgan. Bugungi kunda yuksak vatanparvarlik fazilatlari bilan elyurt hurmatini qozongan yurtdoshlarimiz ana shu orden bilan taqdirlanadi. 199-yili Jaloliddin Manguberdining 800 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.66 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.66 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga