Axloq-odob - ma'naviyat negizi 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 16-mavzu Bu hayotda ko'rgan-bilganlaringiz asosida bir haqiqatni yaxshi tushunib olgan bo'lsangiz kerak: insoniyat hayotini odamlarning o'zaro muomala-munosabatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida mintaqamizning tabiiy-geografik tuzilishi biz va atrofimizdagi xalqlarni qadimdan jamoa bo'lib yashashga undagani ta'kidlanadi. Xulq va odob esa o'z ichiga juda ko'p narsani qamraydi. Yurishturishimiz, odamlar orasida va yolg'iz qolganimizda o'zimizni tutishimiz, muomala madaniyatimiz, atrofdagilarga diqqat-e'tiborimiz - bularning bari bir bo'lib bizning xulq-odobimiz qanday ekanini ko'rsatadi. Shunday do'stlaringiz borki, ularni eshitib charchamaysiz, tinglab maza qilasiz. Alisher Navoiy «Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz» der ekan, o'z tilini tiya olmaydigan mana shunday kimsalardan odamlarga ko'p ozor yetishini nazarda tutgan. Bir narsani aniq bilishimiz kerakki, elga e'tiborsiz qaraydigan har qanday kishini ana shu el ham e'tiborsiz qoldiradi. Bu - inson o'zining badfe'lligi bilan el nazaridan qoladi, deganidir. Ta'kidlaganimizdek, biz Sharq xalqlari sirasiga kiramiz. Ota-bobolarimiz odob-axloq, uyat, iffat, hayo singari chinakam insoniy fazilatlarni ulug'- lovchi va insonlardan talab qiluvchi islom diniga e'tiqod qilib kelganlar. Inson xulq-atvorida uning tili qanchalik ahamiyatga ega ekani to'g'risida gapirdik. Endi G'arb mamlakatlarida suratga olingan kinofilmlardagi ayrim qahramonlarning tili, muomala usuliga ahamiyat bering. Bizda qachon va qayerda bo'lmasin, beparda so'zlarni ishlatish uyat, andishasizlik hisoblanadi. Faqat hisoblanmaydi, balki shu yozilmagan qoidalarga amal qilishni har bir odam o'zining insoniy burchi deb biladi. Bir narsani unutmaslik kerakki, og'zaki targ'ibot-tashviqotdan ko'ra san'at orqali qilinadigan ta'sir nihoyatda kuchli va samarali bo'ladi. Negaki, san'at va adabiyot obrazlar orqali ish ko'radi, ularning ta'siri insonning ongiga, tuyg'ulariga, hislariga to'g'ridan to'g'ri ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx