Fikr va g'oya 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 3-mavzu F i k r G' o y a Inson hayotda deyarli har kuni turli voqea-hodisalarni ko'rib, kuzatib, ular haqidagi ma'lumotlarni tinimsiz qabul qilib borgani uchun uning ong-u tafakkurida ham doimo o'zgarishlar yuz berib turadi. Ularni biz fikr, o'y yoki xayol deymiz. Odamlarning orzu-niyatlariga qarab, fikrlar ikki xil bo'ladi. Birinchisi - faqat bir odamning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr. Ikkinchisi - ko'pchilikning tasavvurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr. Shaxsiy, ya'ni bir odamning shaxsiy tasavvurini yoki manfaatlarini ifoda etadigan fikr boshqalar uchun g'oya bo'lolmaydi. Chunki u faqat bitta odamning maqsadini aks ettiradi. G'oya, avvalo, ko'pchilikning orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda etishi, odamlarni birlashtirishi va biron-bir maqsadni amalga oshirish uchun safarbar etishi lozim. Agar fikr mamlakat miqyosida ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, u vaqti kelib, milliy g'oyaga aylanishi mumkin. fikr g'oya Masalan, mustaqillik asrlar davomida ota-bobolarimizning qalbidagi eng muqaddas orzu edi. U ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgani, yillar davomida xalqimiz manfaatlariga javob beradigan maqsadga aylangani uchun barchani birlashtiradigan milliy g'oyaga aylandi. Xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida ana shu g'oya atrofida birlashib, 1991-yil 31-avgustda uni amalga oshirdi va mustaqil O'zbekiston davlati tiklandi. «Bizning eng ulug' maqsadimiz, eng ulug' g'oyamiz shuki, O'zbekistonning bitta yo'li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug' va erkin hayot sari olg'a yurish» Ijtimoiy fikr ko'pchilikning maqsad va manfaatlari bilan bog'liq bo'lgani uchun uni amalga oshirishda xalq bilan maslahatlashiladi. Masalan, mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisning quyi - Qonunchilik palatasi yoki yuqori palatasi - Senatining sessiyalarida yangi qonunlar qabul qilinadi. Yurtimizda barpo ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx