G'oyaning asosiy xususiyatlari va turlari 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 4-mavzu Insonlarning qarashlari, o'y va fikrlari ham xilma-xildir. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov quyidagilarni ta'kidlagan: «Yer yuzida qancha inson yashaydigan bo'lsa, barmog'ining izi ham, ichki dunyosi ham bir xil bo'lgan ikkita odamni topish, uchratish qiyin. Tabiiyki, bu insonlarning fikrlash va yashash tarzi ham bir-biridan farq qiladi» G'oyalar o'ziga xos tizim hosil qilish, uyushtirish, safarbar etish, ya'ni olg'a boshlash, harakat manbayi bo'lish kabi xususiyatlarga ega. G'oya o'sib, takomillashib boradigan, ko'pchilikda qiziqish uyg'otadigan fikrdir. G'oya o'zining ma'no-mazmuniga yaqin bo'lgan fikrlar, tushuncha va tasavvurlarni birlashtirib tizim hosil qiladi. G'oya G'oya G'oya Hurriyat, erkinlik, kurash, mustaqillik, huquq, tenglik va adolat kabi tushuncha hamda tasavvurlarni bu g'oya o'z atrofida birlashtiradi. Jamiyat katta o'zgarishlar arafasida turganida, xalqning yo'lboshchilari ongida ham odamlar uchun hayotiy zarur g'oyalar tug'iladi. Mustaqillik arafasida va mustaqillikdan keyin yurtimizda yangi hayot qurish, islohotlarni amalga oshirish, yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi, komil insonni tarbiyalsh bo'yicha qanchadan qancha ezgu g'oyalar ilgari surildi. Ularning hammasi milliy g'oyamizga singdirilib, bugungi kunda Konstitutsiyamiz, qonunlarimiz orqali hayotimizda o'z aksini topmoqda. Har bir davr odamlar oldiga yangi-yangi vazifalar qo'yadi. Shunga qarab g'oyalarning tuzilishi, ularning tizimi ham o'zgaradi. Misol uchun, adolat g'oyasini olaylik. Bu g'oyani amalga oshirishda qadim zamonlarda adolatli shoh, adolatli hukmdor g'oyasi asosiy e'tiborda bo'lgan. G'oyalar zamon talabiga qarab o'z tuzilishini o'zgartirishi, ularning tizimidagi ba'zi tushuncha va tasavvurlar eskirishi, ularning o'rniga yangilari paydo bo'lishi mumkin. G'oyaning uyushtiruvchilik xususiyati uning tizim hosil qilish xususiyati bilan uzviy bog'liq. Aslida bir-biridan ta'sirchan, jozibali tushuncha va fikrlarni o'z atrofida birlashtirishdan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx